Huquqiy bilim — tinchlik va farovonlik garovi
2026-01-20 13:55:00 / Ochiq ma'lumotlar

Huquqiy bilim — tinchlik va farovonlik garovi
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda har bir fuqaroning o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi nafaqat shaxsiy manfaat, balki jamiyat barqarorligining muhim shartidir. Huquqiy ong bu shunchaki qonunlarni bilish emas, balki ularga amal qilish madaniyatidir.
Davlatimiz tomonidan aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, hanuzgacha huquqiy bilim yetishmasligi oqibatida firibgarlar tuzog‘iga tushib qolayotgan yoki bilmasdan qonunbuzarlik sodir etayotgan fuqarolarimiz uchrab turibdi.
Nima uchun huquqiy bilim kerak?
Firibgarlikdan himoyalanish: Shartnoma tuzish, bank xizmatlaridan foydalanish yoki onlayn xaridlar chog‘ida aldanib qolmaslik uchun.
Davlat xizmatlaridan unumli foydalanish: O‘z haq-huquqlarini bilgan inson davlat tomonidan beriladigan imtiyoz va xizmatlardan to‘laqonli foydalana oladi.
Javobgarlikni his qilish: Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi. Shu bois, taqiqlangan xatti-harakatlarni anglash jinoyatchilikning oldini oladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudi raisi A.Kurbanov
