2025 yilda sudlar tomonidan sud -huquq tizimida amalga oshirilgan ishlar hamda jinoyat ishlari boʻyicha Qiziriq tuman sudi tomonidan odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha qilingan ishlar sarhisobi.
2025-12-29 15:35:00 / Ochiq ma'lumotlar

2025 yilda sudlar tomonidan sud -huquq tizimida amalga oshirilgan ishlar hamda jinoyat ishlari boʻyicha Qiziriq tuman sudi tomonidan odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha qilingan ishlar sarhisobi.
2025 yilda mamlakatimizda odil sudlovni ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Avvalo, sudlarning mustaqilligi va xolisligini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Sudyalarning kasbiy malakasini oshirish, ularni tanlash va tayinlashda shaffoflikni ta’minlash orqali sud qarorlarining adolatli va asosli bo‘lishiga erishildi. Sudyalar faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish bo’yicha qat’iy mexanizmlar joriy etildi.2025 yilda sud jarayonlarining ochiqligi va oshkoraligi yangi bosqichga ko‘tarildi. Sud majlislarini onlayn kuzatish imkoniyatlari kengaytirilib, fuqarolarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchi mustahkamlandi. Raqamli texnologiyalar joriy etilishi natijasida ariza va shikoyatlarni elektron shaklda topshirish, ishlarni ko‘rib chiqish muddati qisqartirildi. Aholining huquqiy savodxonligini oshirish ham odil sudlovni ta’minlashning muhim omiliga aylandi. 2025 yilda joylarda targ‘ibot tadbirlari, ochiq muloqotlar va huquqiy maslahatlar muntazam tashkil etilib, fuqarolarga o‘z huquqlarini bilish va himoya qilish imkoniyatlari kengaytirildi. Shuningdek, aybsizlik prezumpsiyasi, taraflarning tengligi va inson sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish tamoyillari sud amaliyotida izchil ta’minlandi. Jazoni insonparvarlashtirish, muqobil jazolarni qo‘llash kengaydi, bu esa jamiyatda adolat va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.Xususan jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudi tomonidan 159 shaxsga nisbatan 133 ta jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan bo‘lib, shundan 64 tasi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 47 tasi uncha og‘ir bo‘lmagan, 44 tasi og‘ir, 4 tasi o‘ta og‘ir jinoyatlar turiga kiradi. Ushbu ko‘rib tamomlangan jinoyat ishlari bo‘yicha 86 ta xususiy ajrim chiqarilgan bo‘lib, shundan 9 tasi surishtiruv, dastlabki tergov o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan, 75 tasi jinoyatning sabablari va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan, 2 tasi boshqa sabablar yuzasidan chiqarilgan sud ta’sir choralari shular jumlasidan.Bundan tashqari, tuman sudi tomonidan joriy yil davomida 33 ta shaxsning axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan. 17 shaxsning ozodlikni cheklash jazosi jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan. 5 ta shaxsining ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan bo‘lib, 2 ta shaxs kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod qilingan. 6 ta shaxsning sudlanganlik holati muddatidan ilgari olib tashlangan.Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha 2276 ta shaxsga nisbatan 1879 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib tamomlangan bo‘lib, shundan 1334 ta shaxsga nisbatan 1185 ta ish bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llanilgan. 570 ta shaxsga nisbatan MJtKning 33-moddasi qo‘llanilgan. 942 shaxsga nisbatan 694 ta ish tugatilgan.Xulosa qilib aytganda, 2025 yilda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari odil sudlovni ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib, “inson qadri uchun” degan tamoyilning amalda ro‘yobga chiqishiga mustahkam zamin yaratdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudi raisi A.Kurbanov
