QIZILTEPA TUMANIDA ÖQUVÇILARNING STARTAP LOYIHALARI TAQDIM ETILDI
2026-11-20 18:00:00 / Yangiliklar

Qiziltepa tumanidagi 4-,27- va 42-sonli umumta’lim maktablari hamda 3-sonli texnikum öquvçilari iştirokida startap loyihalari taqdimoti taşkil etildi.
Tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-son qarori ijrosi doirasida ötkazilayotgan “Mohirlik va biznes soati” maşğulotlarida olingan bilim va könikmalarni amaliyotda sinaşga qaratildi.
Taqdimot davomida öquvçilar özlarining biznes ğoyalari, innovatsion taşabbuslari va startap loyihalarini namoyiş etib, ularning mazmuni, maqsadi hamda amalga oşiriş imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar.
Loyihalar muhokamasi jarayonida öquvçilarga tadbirkorlik faoliyatida uçraydigan muammolarni aniqlaş, xatolardan töğri xulosa çiqariş va taklif etilayotgan ğoyalarni yanada takomillaştiriş yuzasidan tavsiyalar berildi.
Taqdimot yoşlarning mustaqil fikrlaşi, ijodkorligi va tadbirkorlikka bölgan qiziqişini namoyon etiş uçun muhim imkoniyat böldi.


