YOŞLAR HARBIY QISMGA SAYOHAT QILIŞDI
2026-10-29 23:00:00 / Yangiliklar

Özbekiston Respublikasi mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti taşkil topganligining 35 yilligi hamda har payşanba yoşlar bilan işlaş kuni munosabati bilan Qiziltepa tumanida joylaşgan 7532-harbiy qismda “Vatanparvar – mening tanlovim” mavzusida oçiq eşiklar kuni yoşlar va harbiylar uçraşuvi taşkil etildi.
Özbekiston Respublikasi mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti Qiziltepa tuman 2-son öquv sport texnika markazi, tuman Mudofaa bölimi, Ma’naviyat va ma’rifat bölinmasi hamda Yoşlar işlari bölimi hamkorligida taşkil etilgan tadbirda yoşlarga “Vatanparvar” taşkiloti faoliyati haqida, harbiy sohadagi islohotlar, harbiy qism kun tartibi töğrisida ma’lumot berilib, söngra harbiy va öquv maşq texnikalari, qurol-aslahalar körgazmalari, askarlar hayoti hamda xizmat itlaridan foydalaniş böyiça amaliy çiqişlar namoyiş etildi.
Jarayonda faol askarlarga kitoblar sovğa qilindi. Yoşlar uşbu maskanga qilgan sayohati, harbiy xizmatçilarning hayoti, ularga yaratilgan şaroitlar, texnika va qurol-aslahalar bilan tanişiş davomida vatanga xizmat qilişdek mas’uliyatli burçni ado etişni öz oldilariga maqsad qilişdi.



