TUMAN HOKIMINING BAYRAM TABRIGI
2026-10-25 09:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu alaykum, aziz tumandoşlar, qadrli içki işlar organlari xodimlari!
Avvalo, Sizlarni, şu bilan birga, sadoqatli va sabrli, mehribon oila a’zolaringizni, qörqmas va mard qilib tarbiyalagan ota-onangizni, ustozlaringizni kasb bayramingiz – Içki işlar organlari xodimlari kuni bilan çin qalbimdan tabriklayman!
Uşbu quvonçli ayyomda sizlarning xalqimiz osoyiştaligini ta’minlaş, tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, huquqbuzarliklarning oldini oliş borasidagi katta xizmatlaringizni yana bir bor alohida e’tirof etmoqçiman.
Hozirgi kunda “Barça islohot va özgarişlar – inson qadrini uluğlaş uçun” degan ezgu tamoyil asosida butun yurtimizda fuqarolarimiz uçun munosib mehnat va yaşaş şaroitlarini yaratiş, aholining turmuş farovonligini oşiriş, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obrö-e’tiborini yuksaltirişga qaratilgan ulkan işlar amalga oşirilmoqda. Bu borada içki işlar organlari faoliyatini takomillaştiriş, ularni el-yurt manfaatlari yölida xizmat qiladigan xalqçil va professional tizimga aylantirişga qaratilgan sa’yi-harakatlar ham heç şubhasiz, muhim ahamiyatga ega bölmoqda.
Hurmatli Prezidentimiz Sizlarga yöllagan tabriklarida
— Albatta, yurtimizda öz farzandini maktabga kuzatayotgan ota-onaning xotirjamligi, mahallalarimizdagi osoyişta hayotni mustahkamlaşda sizlarning kundalik fidokorona mehnatingiz va hissangiz borligini barçamiz yaxşi bilamiz.
Oddiy insonlarning sizga işonç bilan murojaat qilişi va bundan köngli taskin topişi – sizning xizmatingizga berilgan eng yuksak bahodir,
— deya alohida ta’kidlaganlari ham xalqimizning Siz fidoyilarga bölgan hurmatining ifodasidir, albatta.
Hurmatli soha xodimlari!
Fursatdan foydalanib, siz, azizlarga öz xizmat burçingiz va muqaddas qasamyodingizga doimo sodiq qolib, Vatanimiz va xalqimizga fidokorona xizmat qilib kelayotganingiz uçun özimning va xalqimizning minnatdorligini bildiraman.
Sizlarni Özbekiston Respublikasi Içki işlar organlari xodimlari kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barçangizga mustahkam soğliq, oilalaringizga baxt-saodat, tinçlik va fayzu baraka, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayramingiz muborak bölsin!
Bekzod BOBOMURODOV,
tuman hokimi
