TUMAN HOKIMI CHORVACHILIK MIKROMARKAZIDA BO'LDI
2026-10-20 16:00:00 / Yangiliklar

Qiziltepa tumanida cho‘lli hududlarda naqadar yashil maydonlar yaratish, ekinlar ekish ishlari, balki yirik komplekslar qurish ham amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tumanning Konsurun mahallasidagi cho‘lli hududlarning 30 gektarida so‘nggi 2 yil ichida "Chorvachilik mikromarkazi" barpo etildi.
Bugun tuman hokimi Bekzod Bobomurodov ushbu kompleksda bo‘lib, jarayonlar bilan tanishdi.
37,7 milliard so‘mlik kompleks to‘liq quvvat bilan ishga tushgach, bu yerda 5000 boshgacha chorva mollari parvarishlanadi.
Hududdagi 110 nafar fuqaro doimiy va daromadli ish o‘rni bilan ta’minlanadi.



