QIZILTEPA TUMANIDA RESPUBLIKA SEMINARI BO'LIB O'TDI
2026-10-16 18:00:00 / Yangiliklar

Qiziltepa tumanida cho‘lli hududlarda naqadar yashil maydonlar yaratish, ekinlar ekish ishlari, balki yirik komplekslar qurish ham amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tumanning Konsurun mahallasidagi cho‘lli hududlarning 30 gektarida so‘nggi 2 yil ichida "Chorvachilik mikrormarkazi" barpo etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘i asosida tashkil etilgan yaylovlar va chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha Respublika seminari ishtirokchilarining Qiziltepa tumanidagi navbatdagi manzili aynan mana shu mikromarkaz bo‘ldi.
37,7 milliard so‘mlik kompleks to‘liq quvvat bilan ishga tushgach, bu yerda 5000 boshgacha chorva mollari parvarishlanadi.
Hududdagi 110 nafar fuqaro doimiy va daromadli ish o‘rni bilan ta’minlanadi.
Ushbu mikromarkaz nafaqat Navoiy viloyatida chorvachilik tarmog‘ini yangi bosqichga olib chiqadi, balki bozorlarda oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini ta’minlashga katta hissa qo‘shadi.
Ishtirokchilar ushbu hududda bu kabi loyihaning ikkinchi bosqichi bo‘yicha taqdimot bilan ham tanishtirildi.




