PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI QIZILTEPADA 40 GA YAQIN YOSHLAR ISHGA JOYLASHTIRILDI
2026-10-15 13:00:00 / Yangiliklar

Har haftaning payshanba kunida mamlakatimiz bo‘ylab yoshlar kuni o‘tkazilmoqda.
Qiziltepa tumanidagi bugungi yoshlar kunida tuman hokimi Bekzod Bobomurodov 40 ga yaqin ishsiz bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot jarayonida har bir yosh bilan alohida suhbatlashilib, ularning yo‘nalishiga qarab ishga joylashtirildi. Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlarga esa kredit ajratish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.



