TUMAN HOKIMI ZARMETAN HUDUDIDAGI FERMERLAR BILAN GAPLASHDI
2026-10-11 17:00:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi Bekzod Bobomurodov tumanning Zarmetan hududlarida faoliyat yuritayotgan bir guruh fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Чорвачилик тармоғи ва яйлов хўжалигини замонавий бошқарув тизими ва янгича ёндашувлар асосида ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида"gi qarori bo‘yicha so‘z bordi.
Hokim ushbu qaror bilan Navoiy viloyatidan aynan Qiziltepa tumani chorvachillikka ixtisoslashtirilgan tumanga aylantirilgani, bu yo‘nalishda beriladigan imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumotlar berdi.
Jarayonda fermer xo‘jaliklari rahbarlarining ham murojaat va takliflari tinglandi.
Shuningdek, muloqot davomida paxta terimi, g‘alla ekish ishlari holati bo‘yicha ham suhbatlashildi.



