PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
2026-10-08 19:00:00 / Yangiliklar

Har haftaning payshanba kunida mamlakatimiz bo‘ylab yoshlar kuni o‘tkazilmoqda.
Qiziltepa tumanidagi bugungi yoshlar kuni Alisher Navoiy mahallasidagi sport maydonida tuman hokimi Bekzod Bobomurodov, faollar, nuroniylar, tegishli rahbarlar, yoshlar ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbirlarni tuman hokimi Bekzod Bobomurodov ochib berib, barcha yoshlarni bugungi yoshlar kunida faol ishtirok etishga chorladi. Tadbirlar doirasida milliy o‘yinlar festivali tashkillashtirilib, kurash musobaqasi tashkillashtirildi. Unda nafaqat yoshlar, balki, yoshlar yetakchilari, tashkilotlar rahbarlari ham birgalikda kurashdagi kuchlarini sinab ko‘rishdi. Gʻoliblarga sovg‘alar topshirildi.
Yoshlar kuni doirasidagi tadbirlar yana bir milliy o‘yinlardan biri hisoblanmish arqon tortish bahslari bilan davom etdi.
Jarayonda yoshlar o‘zaro kuch sinashish bilan birga, nuroniylar bilan arqon tortish musobaqalari o‘tkazildi.
Gʻoliblarga tuman hokimligining sovg‘alari topshirildi.
Bugungi yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini madaniyatini shakllantirish bo‘yicha ham ishlar amalga oshirildi.
Xususan, tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan sog‘lom ovqatlanish targ‘iboti o‘tkazilib, foydali va zararli mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.



