QIZILTEPADA VILOYATDA BIRINCHI BO‘LIB GʻALLA EKISH ISHLARI HAM BOSHLANDI
2026-09-16 16:00:00 / Yangiliklar

Bugun viloyatda birinchi bo'lib Qiziltepa tumanidagi "Shahboz Sherbek kelajagi" fermer xo‘jaligi dala maydonida 2027-yil hosili uchun g‘alla ekish mavsumiga ham start berildi.
Seminar tarzida o‘tkazilgan ushbu tadbirda tuman hokimi Bekzod Bobomurodov va viloyat hokimining o‘rinbosari San’atilla Hikmatov tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari, nuroniylar, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari va tegishli mas’ullar ishtirok etishdi.
So‘zga chiqqanlar g‘alla xalqimizning rizq-ro‘zimiz ekanligini, uning xalqimizning dasturxoni to‘kin bo‘lishida, ish joylarini yaratishda va umuman olganda, tumandoshlarimiz farovon yashashida muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlashdi.
Seminar davomida yerga ilk urug‘lar sepilib, hosil mo‘l bo‘lib, xirmonlar yuksalib, rejalar ortig‘i bilan bajarilishini so‘rab duo qilindi.
Ma’lumot uchun: 2027-yil g‘alla hosili uchun Qiziltepa tumanidagi 251 ta fermer xo‘jaliklarining 8569 gektar maydonlarida g‘alla yetishtirilishi rejalashtirilgan.



