TUMAN HOKIMI RAHBARLAR BILAN UCHRASHDI
2026-09-14 17:00:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi Bekzod Bobomurodov hafta avvalida tumandagi tashkilotlarning tegishli rahbarlari va boshqa bir qator mas’ullar bilan uchrashib, ayrim masalalarni muhokama qildi.
Uchrashuvda kun tartibidan o‘rin olgan:
- Ijro intizomini mustahkamlash;
- Mahallalarda aholi bandligi va daromadini oshirish oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etish to‘g‘risida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlarning tumandagi ijrosi holati;
- Tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, korxonalarni to‘la quvvatda ishlatish, faoliyatsizlarini tiklash va yillik prognozni bajarish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar holati;
- Xizmatlar sohasiga turtki beruvchi loyihalar, "drayver" loyihalari holati va boshqa masalalar muhokama qilindi.



