VILOYAT HOKIMI QIZILTEPA TUMANIDA
2026-09-12 16:00:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Qiziltepa tumaniga qilgan ishchi tashrifi davomida “Konsurun” mahallasida bo‘lib, aholi bilan bevosita ochiq va samimiy qabul o‘tkazdi.
Muloqot davomida viloyat rahbari 100 ga yaqin mahalliy fuqarolar bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan 40 ga yaqin masala va murojaatlarni birma-bir eshitdi.
Murojaatlarning 20 tasi bevosita sayyor qabulning o‘zida ijobiy yechim topdi. Qolgan muddat talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, viloyat hokimi tomonidan alohida nazoratga olindi.
Aholi tomonidan asosan sog‘liqni saqlash, ish bilan ta’minlash, yo‘llarni ta’mirlash, kredit ajratish hamda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi.
Sayyor qabulda ishtirok etgan har bir mutasaddiga bildirilgan muammolarni qisqa muddatlarda va sifatli hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.



