TUMAN HOKIMI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
2026-09-11 13:00:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi Bekzod Bobomurodov va Davlat xavfsizligi xizmati tuman bo‘limi boshlig‘i Uchqun Risqulov ishtirokida oliy ta’lim muassasalarini bitirgan, ish topa olmayotgan yoshlar bilan bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o‘tkazildi.
Ushbu muloqot davomida 40 ga yaqin bitiruvchilarning muammo va takliflari tinglanib, ularning aksariyati tumandagi turli korxona va muassasalarga ishga joylashtirildi.
Qilingan har bir murojaat ijobiy hal etilib, uning ijrosini sifatli tarzda amalga oshirish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.



