KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH YO'LIDA
2026-09-08 09:45:00 / Yangiliklar

Korrupsiya –nafaqat pul yoki manfaat evaziga qilingan noqonuniy kelishuv, balki jamiyatning adolat, halollik va tenglik tamoyillarini ich-ichidan yemiradigan xavfli illatdir . U bir qarashda kichik tuyulgan harakatlar orqali boshlanib, asta-sekin butun tizimga zarar yetkazadi.
Qiziltepa tuman iqtisodiyot va moliya bo’limida tashkil etilgan davra suhbati ham ana shu muhim masala muhokamasiga bag’ishlanadi. Davra suhbatida mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida boshlangan islohotlar mohiyatiga to’xtalib, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurash yo’nalishida olib borilayotgan ishlar har bir sohaning jadal rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qilayotganligini qayd etildi.
Ta’kidlanganidek, 2022-yil 25-oktabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2023-yil 1-iyunda ma’qullangan hamda 2024-yil 6-dekabrdan kuchga kirgan “Manfaatlar to’qnashuvi to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni jamiyat va davlat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, uning qabul qilinishi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, korrupsiya kabi salbiy holatlarni bartaraf etishda sezilarli o’rin egallaydi. Mazkur qonun 33-moddadan iborat va manfaatlar to’qnashuvini tartibga solish , unga oid munosabatlarni aniqlash, manfaatlar to’qnashuvi haqida axborotni oshkor qilish va uni bartaraf etish boyicha chora-tadbirlarni belgilaydi. Shuningdek, qonun davlat tashkilotlaridagi davlat tashkilotlaridagi xodimlarning huquq va majburiyatlarini aniq tartibga soladi.
Bu, avvalo, har qanday sohadagi rivojlanish to’sig’i bo’lmish korrupsion holatlarning oldini oladi, ya’ni shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlari maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanish yo’lidagi xatti-harakatlarining bir qismini bartaraf etadi, davlat budjeti noqonuniy o’zlashtirilishining oldini oladi, davlat tashkilotlarida mehnat munosabatlari va davlat xaridlarining ochiqligi va shaffoligini ta’minlaydi.
Davra suhbati davomida qonun bilan belgilangan huquq va majburiyatlar batafsil tushuntirildi. Ularni o’z faoliyatiga tatbiq etish har bir xodimning burchi ekanligi qayd etildi. Zero, jamiyatdagi har bir islohot, avvalo, inson ongidagi o’zgarishdan boshlanadi.
J.Hojiyev,
Qiziltepa tuman iqtisodiyot va moliya bo’limi boshlig’i o’rinbosari.
