SOG'LOM OILA — BARQAROR JAMIYAT POYDEVORI
2026-08-18 21:00:00 / Yangiliklar

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qiziltepa tumani boʻlinmasi tashabbusi bilan mahallalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni targ‘ib etish maqsadida “Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi” doirasida “Sog‘lom oila — barqaror jamiyat poydevori” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda tuman Mahallalar uyushmasi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi, Oqila ayollar harakati a’zolari va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etib, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash, oilaviy ajrimlar va boshqa salbiy illatlarni oldini olishdagi muommolar va ularning yechimi xususida fikr bildirib, taklif va tavsiyalar berishdi.


