QIZILTEPADA 3 SOAT ICHIDA 170 DAN ORTIQ YOSHLAR ISHGA JOYLASHTIRILDI
2026-08-08 17:00:00 / Yangiliklar

Qiziltepa tumani markazidagi Madaniyat va istirohat bog‘ida tuman hokimi Bekzod Bobomurodov va Davlat xavfsizligi xizmati tuman bo‘limi boshlig‘i Uchqun Risqulov ishtirokida oliy ta’lim muassasalarini bitirgan, ish topa olmayotgan yoshlar bilan bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o‘tkazildi.
3 soatdan ortiq vaqt mobaynida davom etgan ushbu muloqotda ishtirok etgan yoshlarning 170 dan ortig‘i tumandagi turli korxona va muassasalarga ishga joylashtirildi.
Qilingan har bir murojaat ijobiy hal etilib, uning ijrosini sifatli tarzda amalga oshirish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.




