YOSHLAR KUNI
2026-07-30 14:00:00 / Yangiliklar

“Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan viloyat prokurorining o‘rinbosari R. Namazov, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Z. Qayumov Qiziltepa tumani “Gulzor” MFYda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda Qiziltepa tuman prokurori J. Toshev, viloyat prokuraturasi Ijtimoiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi prokurori O. Karimov, tuman IIB boshlig‘i N. Ashurov, mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Rahbarlar tomonidan har bir murojaat atroflicha tinglanib, masalalarga huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Yechimi vaqt talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, mas’ul rahbarlar biriktirildi hamda ularni ijobiy hal etish bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.
Tadbirda, har bir yoshning murojaati, muammo va takliflari tinglanib, ularning ijtimoiy va iqtisodiy masalalarini ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Uchrashuv davomida, tuman prokurori J. Toshev tomonidan bitiruvchi ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi ustidan alohida nazoratga olindi.

