40 YILLIK ORZU USHALMOQDA
2026-07-29 15:00:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi Bekzod Bobomurodovning Arabxona mahallasida oʻtkazgan sayyor qabulida aholi tomonidan ichki yoʻllarni asfaltlashtirish boʻyicha murojaat bildirilgan edi.
Ushbu murojaat asosida bugun mahallaning 40 yillab asfaltlanmagan koʻchalaridagi yoʻllarni asfaltlash ishlari boshlandi.
Jarayonlarni koʻzdan kechirish va aholi bilan uchrashish maqsadida tuman hokimi Bekzod Bobomurodov ham ushbu manzilda boʻldi.


