TEMIR YO‘LLAR ATROFI KO‘ZDAN KECHIRILDI
2026-07-28 23:00:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda Qiziltepa tumani bo‘ylab "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida barcha mahallalarda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun tuman hokimi Bekzod Bobomurodov, tuman prokurori Jamil Toshev, tuman IIB boshlig‘i Nodir Ashurov va tegishli tashkilot rahbarlari, temir yo‘l izlari o‘tgan mahallalar raislari bugun ushbu manzilda bo‘lib, jarayon bilan tanishishdi hamda maxsus transportda temir yo‘l bo‘ylab harakatlanishdi.
Jarayonda temir yo‘llar atroflaridagi holat, bajarilayotgan obodonlashtirish, ta’mirlash ishlari holati, mavjud kamchiliklar ko‘zdan kechirilib tegishli mas’ullar topshiriqlar berildi.


