GULZOR MAHALLASIDA SAYYOR QABUL
2026-07-18 20:00:00 / Yangiliklar

Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Qiziltepa tuman boshlig‘i F.R.Bozorov tomonidan Qiziltepa tumani Gulzor va Furqat MFYlar binosida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar va yuridik shaxslarning avtotransport vositasiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish, qarzdorlikni to‘lash muddatini uzaytirish hamda ijro ish yurituviga oid boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi. Fuqarolar murojaatlarini joyida va o‘z vaqtida hal etishga qaratilgan sayyor qabullar izchil davom ettirilmoqda.

