OBODONCHILIK ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILMOQDA
2026-07-23 14:00:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Qiziltepa tumani bo‘ylab "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida barcha mahallalarda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun tuman hokimi Bekzod Bobomurodov ushbu jarayonlar holati bilan tanishish maqsadida tumanning temir yo‘llar o‘tgan mahallalarini piyoda yurgan holda ko‘zdan kechirmoqda.
Ilk manzil Oqsoch mahallasi bo‘lib, bu yerdagi ishlab chiqarish korxonalari rahbarlarining har biri bilan suhbatlashilib, obodonchilik, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish lozimligi bo‘yicha suhbatlashildi va tegishli topshiriqlar berildi.


