QIZILTEPALIKLARNING SEVIMLI MANZILIGA AYLANGAN KO‘CHA
2026-07-12 10:00:00 / Yangiliklar

So‘nggi 10 oy ichida Qiziltepa tumanining O‘zbekiston shohko‘chasi bo‘ylab 1,3 km. masofada aholiga kunu tun xizmat ko‘rsatuvchi 24/7 ko‘chasi bunyod etildi va aholiga foydalanishga topshirildi.
Ayni kunlarda ushbu manzil qiziltepaliklarning eng sevimli hududlaridan biri bo‘lib, bu ko‘cha har kuni nafaqat qiziltepaliklar, balki boshqa tuman va shaharlar fuqarolari bilan ham gavjum bo‘ladi.
Ushbu ko‘cha avvaliga 800 metr masofada, keyinchalik yana 500 metr masofada zamonaviy, qulay hordiq chiqarish sharoitlari mavjud, jozibador va kunu tun xizmat qiladigan shaklda tashkil etildi. Bu yerda piyodalar yo‘lagi va veloyo‘laklar ta’mirlanib, nogironligi mavjud fuqarolar uchun alohida yo‘lak tashkil qilindi. Qo‘shimcha o‘rindiklar, soyabonlar, chiroqlar, palma daraxtlari, ayvonlar, zamonaviy musiqali favvoralar qurilib, ushbu ko‘cha tumandagi eng go‘zal va eng yorug‘ ko‘chaga aylantirildi.
Shuningdek, ushbu ko‘chada tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etilishi natijasida 200 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.


