HOKIM SPORTCHI YOSHLARNI TAQDIRLADI
2026-07-09 14:00:00 / Yangiliklar

Payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan Qiziltepa tumani hokimi Bekzod Bobomurodovning yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi.
Bu galgi yoshlar tarkibi Prezident olimpiadasi va Besh tashabbus olimpiadasining Respublika bosqichiga yo‘l olgan yosh sportchilar va ularning murabbiylari bo‘ldi.
Hokim ushbu uchrashuv avvalida yurtimizda yoshlar uchun yaratilayogan shart-sharoitlar, ayniqsa sportchilarning alohida qo‘llab-quvvatlanayotganiga to‘xtalib o‘tib, uning mamlakatimizni dunyoga tanishdagi muhim o‘rni haqida so‘zladi.
Shundan so‘ng olimpiadalarning Respublika bosqichiga jo‘nab ketayotgan har bir yoshga g‘alaba tilab, ularning takliflarini tingladi.
Jarayonda bir guruh sportchilarga hokimlikning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.


