NAVBATDAGI YOSHLAR KUNIDA HOKIM "KELAJAK KASBI" EGALARI BILAN UCHRASHDI
2026-07-02 17:00:00 / Yangiliklar

Informasion texnologiyalar, sun’iy intellekt bilan ishlash, dasturlash bugunning va ertaning eng serdaromad va talabgir kasbi hisoblanadi.
Bugun, navbatdagi yoshlar kuni doirasida tuman hokimi Bekzod Bobomurodov yuqorida sanab o‘tilgan kasblarni egallagan, shu bilan shug‘ullanayotgan yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv jarayonida ular bilan suhbatlashilib, loyihalari bilan tanishildi, yaratilgan dasturlar ko‘zdan kechirildi. Yoshlarning taklif va muammolari tinglandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida tumani hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Farhod Bozorov tomonidan tumanda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar bo‘yicha taqdimoti bilan ham tanishildi.
Uchrashuv so‘ngida hokim barcha yoshlarga ushbu bilimlarni doimiy oshirib, kelgusida dunyo miqyosidagi dasturlar yaratishni tiladi.

