QIZILTEPADA YOSHLAR KUNI KATTA TANTANALAR BILAN NISHONLANDI
2026-06-28 14:00:00 / Yangiliklar

Qiziltepa tumanida Yoshlar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!" shiori ostida festival o‘tkazildi.
Festival avvalida tuman hokimi Bekzod Bobomurodov so‘zga chiqib, barchani Yoshlar kuni bilan tabrikladi.
Hokim o‘z tabrigida bugungi kunda mamlakatimizdagi, shu jumladan, tumanimizdagi islohotlarni amalga oshirishda, yangiliklarni yaratishda shijoatli, kuch-g‘ayratga to‘la, kelajakka ishonch bilan boqayotgan
yoshlarimizning ham o‘rni ortib borayotgani alohida ta’kidladi.
Festivalning navbatdagi qismi taqdirlashlarga ataldi.
Avvaliga "DXX raisi kubogi" uchun o‘tkazilgan musobaqalarning tuman bosqichi sovrindorlari va g‘oliblari, keyinchalik "Shijoat va g‘ayrat" harbiy sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi.
Shundan so‘ng tumandagi maktablarni medallar bilan bitirgan 25 nafar bitiruvchiga oltin medallar, 5 nafar bitiruvchiga kumush medallar tantanali topshirildi.
Jarayonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha fidoyilari va faol blogerlar ham taqdirlanishdi.
Shundan so‘ng tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari ishtirokidagi ijodiy chiqishlar va aholi hamda yoshlar tomonidan bayramga taklif etish uchun tanlangan Mirjalol Ne’matov ijrosidagi qo‘shiqlarga bayram kayfiyatini yanada ko‘tardi.
Bayram tadbiri yakunida mushakbozlik o‘tkazildi.





