TUMAN HOKIMINING TABRIGI
2026-06-27 10:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu alaykum, hurmatli jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, matbuot kotiblari, blogerlar va ijodkorlar!
Avvalo barchangizni mamlakatimizda doimo yuqori saviyada nishonlanadigan bayramlardan biri 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Bu bayram nafaqat ushbu sohalarda faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimizning, balki ularning mashaqqatli ijodi va mehnat mahsulidan bahramand bo‘layotgan millionlab mushtariy, tinglovchi, obunachi va tomoshabinlarning ham bayrami desam, xato bo‘lmaydi.
Zamon shiddat bilan davom etar ekan aholining ham ma’lumotga, yangilikka bo‘lgan talabi, ehtiyoji ko‘payib bormoqda. Bu davrda mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan islohotlar, amalga oshirilayotgan yirik ishlar, yaratilayotgan yangiliklarni aholiga yetkazishda jurnalistlar va matbuot kotiblarining o‘rni har qachongidan-da beqiyos, albatta.
Aziz ijodkorlar!
Shu o‘rinda mamlakatimizda matbuot va ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan barcha soha vakillariga, shu jumladan, Qiziltepa tumanidagi islohotlar va yangiliklarni yoritishda hamkorlikda faoliyat olib borayotgan jurnalistlar, blogerlar, tumanda faoliyat yuritayotgan "Yangi Qiziltepa" gazetasi tahririyati va hokimlik Axborot xizmati jamoasini kasb bayrami bilan tabriklayman.
Barchangizga ijodiy parvoz, ulkan muvaffaqiyatlar, bir-biridan qiziqarli maqolalar, reportajlar, ko‘rsatuvlar, rilslar tayyorlashni, ijoddagi qalamingiz "Oltin qalam"ga aylanishini tilayman.
Barchangizga bayram muborak bo‘lsin, qadrli ijodkorlar!
Bekzod BOBOMURODOV,
Qiziltepa tumani hokimi
