QIZILTEPADAGI MAKTABLARDA ULKAN BUNYODKORLIK ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
2026-06-24 15:00:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda Qiziltepa tumanidagi 10 ta maktabda qurilish-ta’mirlash, yangi o‘quv binolari qurilishi ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun tuman hokimi Bekzod Bobomurodov ushbu ishlar holati bilan tanishish maqsadida ularning bir nechtasida bo‘ldi.
Ilk manzil Varozun mahallasidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘ldi.
Ushbu maktabda mavjud binolar mukammal ta’mirlanib, 360 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilmoqda.
Hokim quruvchilar bilan uchrashib, ishlarni sifatli va qisqa muddatlarda amalga oshirish lozimligi bo‘yicha topshiriqlar berdi.

