BO‘STONGA BORADIGAN YO‘LLAR 1 TAGA KO‘PAYADI
2026-06-22 11:00:00 / Yangiliklar

Ayni paytda Vang‘ozi yo‘lidan keladigan mashinalar Bo‘ston hududiga o‘tishi uchun anchagina qo‘shimcha yo‘l bosib o‘tishi kerak bo‘lmoqda.
Ushbu muammo anchadan buyon ko‘pchilikni qiynab kelayotgan edi.
Tez orada bu muammo bartaraf etiladi.
Tuman hokimi Bekzod Bobomurodov tegishli mas’ullar va tadbirkorlar bilan birgalikda ushbu hududlarni bog‘lovchi yangi yo‘lni tashkil etish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni joyiga borib o‘rgandi.

