“Mahalla ligasi” doirasida Qiziltepa tumanida voleybol musobaqasi o‘tkazildi
2026-06-21 10:00:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan tizimli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda mahallalarda istiqomat qiluvchi 30 yoshdan yuqori aholi o‘rtasida “Mahalla ligasi” sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Jumladan, Qiziltepa tumanida “Mahalla ligasi” doirasida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda mahallalar jamoalari faol ishtirok etib, jamoaviylik, chaqqonlik va sport mahoratini namoyish etdilar.
1-o‘rin — Ziyokor MFY
2-o‘rin — Xusharti MFY
3-o‘rin — Bo'ston MFY jamoalariga nasib etdi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

