BILIMDON YOSHLAR ZAKOVATDA BELLASHISHDI
2026-06-16 11:00:00 / Yangiliklar

Qiziltepa tumanidagi "Shukrona" bazmgohida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi hamkorligida Besh tashabbus olimpiadasi 1-mavsumi doirasida uyushmagan yoshlar ishtirokida "Zakovat" intellektual o‘yinining tuman bosqichi o‘tkazildi.
O‘yinni viloyat "Zakovat" klubi kordinatori O. Hamroyev boshqarib bordi.
Qiziqarli mantiqiy savol-javoblarga boy bo‘lgan o‘yin natijalariga ko‘ra,
1-o‘rinni Nurafshon mahallasi yoshlari, 2-o‘rinni Qal’ayi-Azizon mahallasi yoshlari va 3-o‘rinni G'oyibon mahallasi yoshlari egallashdi.
Nurafshon mahallasi yoshlari jamoasi turnirning viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Gʻoliblarga diplom va sovg‘alar topshirildi.

