HOKIM YOSHLARNI TAQDIRLADI
2026-06-11 18:30:00 / Yangiliklar

Payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan Qiziltepa tumanida navbatdagi "Hokim va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.
Bitiruvchilar va start apchi yoshlar ishtirokida hokimlik binosida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda tuman hokimi Bekzod Bobomurodov barcha yoshlarni tabriklab, joriy yilgi bitiruvchilarning yutuqlariga alohida to‘xtalib o‘tdi va muddatidan oldin talabaga aylangan yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi.
Ma’lumot uchun: joriy yilda Qiziltepa tumanidagi 40 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 2 ta AFCHO‘UM, 1 ta Ixtisoslashtirilgan va 1 ta xususiy maktabni 1351 nafar bitiruvchi 2328 ta milliy va xalqaro sertifikatlar bilan bitirdi. Ularning 76 nafari esa allaqachon talabaga aylanib ulgurgan.




