Xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
2026-05-16 14:35:00 / Yangiliklar

Xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot (15.05.2026 yil holatida)
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 26-fevraldagi
86-sonli qaroriga asosan Davlat investisiya dasturi doirasida Qiziltepa tumanida jami 2026 yilda 2025 yilga nisbatan xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirish 161 foizga oshirilib, umumiy qiymati 115,0 mln dollarlik (shundan, manzilli dastur dorasida 71,0 mln.doll va istiqbolli loyihalar hisobidan 44,0 mln.dollarni tashkil etadi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kredit mablag‘larini o‘zlashtirish pragnozi belgilangan. Bu maqsadda tumandagi mas’ullar tomonidan 5 ta investisiya loyihasi shakllantirilib, ularning har biri bo‘yicha oyma-oy aniq o‘zlashtirish muddatlari belgilandi. Jumladan,
1. “SVS NAVOIY” MCHJ XK (Rossiya) tomonidan
“Qurilish uchun lateks qoplamali paxta qo‘lqoplari ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha xisobiga 2026-yilda 30,0 mln.dollar o‘zlashtiriladi (Xorijiy korxona tomonidan I-chorakda 9,8 mln.dollar xorijiy investisiyalar o‘zlashtirilgan);
2. “HEMPFARM JV” MCHJ QK (Buyuk Britaniya) tomonidan 1015 gektar maydonda “Kanabis yetishtirish va uni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Bunda, 2026-yilda 25,0 mln.dollar o‘zlashtiriladi (Xorijiy korxona tomonidan I-chorakda 6,5 mln.dollar xorijiy investisiyalar o‘zlashtirilgan);
3. “Registon” MChJ XK (Eron) tomonidan “Neft chiqindilarini qayta ishlash orqali solyarka yoqilg‘isi ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirilmoqdayu Bunda, 2026-yilda 8,0 mln.dollar o‘zlashtiriladi;
4. “Ji long wind power” MChJ XK tomonidan “Xitoy an’anaviy oq aroq (bayszyu) ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirilmoqdayu Bunda, 2026-yilda 8,0 mln.dollar o‘zlashtiriladi.
5. Qo‘shimcha istiqbolli va xorijiy kredit mablag‘larini o‘zlashtirish hisobiga 44,0 mln.dollar o‘zlashtiriladi (Mahalliy korxonalar tomonidan I-chorakda 2,0 mln.dollar xorijiy kredit mablag‘lari o‘zlashtirilgan).
Shunga asosan, joriy yil yanvar-mart oylari uchun 16,4 mln. dollar xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirish pragnozi belgilangan bo‘lib, amalda 6 ta korxona tomonidan 20,0 mln dollar xorijiy investisiyalar o‘zlashtirilib, belgilangan pragnoz rejasi 122 foizga bajarildi.
O‘zlashtirilgan investisiyalarning asosiy qismi tumanning asosiy drayverlari bo‘lgan tekstil va to‘qimachilik sanoati (10,0 mln doll), qishloq xo‘jaligi (6,5 mln.doll) sohalariga va (3,5 mln.doll) qo‘shimcha xorijiy kredit mablag‘lariga to‘g‘ri keladi.
Davlatlar va tarmoqlar kesimida o‘zlashtirish: qishloq xo‘jaligi tarmoqlari (6,5 mln. doll), to‘qimachilik (9,8 mln. doll), va boshqa turdagi sanoat va xizmat tarmoqlari (3,5 mln. doll)ga to‘g‘ri keladi.
O‘zlashtirilgan investisiyalar asosan Rossiya
(10,0 mln. doll), Buyuk Britaniya (6,5 mln. doll), va boshqa davlatlar (3,5 mln. doll) hisobiga to‘g‘ri keladi.
2026-yilda Qiziltepa tumanida xorijiy investisiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish borasida belgilangan barcha vazifalar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash yuzasidan ishlarni izchil davom ettiramiz.
Eksport bo‘yicha
MA’LUMOT (15.05.2026 yil holatida)
Tumanda 2026-yilda yillik eksport rejasi 25,0 mln. dollar etib belgilangan.
- Sanoat mahsulotlari – 21,1 mln. dollar;
- Meva-sabzavot mahsulotlari – 3,9 mln. dollar.
Shuningdek, Yanvar-Aprel oylarida 8,9 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilinib, Joriy yilning yanvar-aprel oylari eksport prangoz rejasi
160 foizga ijrosi ta’minlandi (reja 5,6 mln.doll).O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 198 foizni (+4,4 mln. doll.) tashkil etdi.
- Sanoat mahsulotlari – 144 foizga yoki 7,1 mln. dollarni (reja 4,9 mln. dollar)
- Meva-sabzovot mahsulotlari -296 foizga yoki 1,7 mln. dollarni (reja 588 ming. dollar)
2026 yilning yanvar-may oylari uchun eksport pragnozi 9,3 mln.dollar etib belgilangan bo‘lib, amalda, may oyining o‘tgan davrida 780 ming.dollarlik mahsulotlar eksport qilinib, 14-may sanasi holatida eksport prangoz rejasi 108,6 foizga yoki 10,1 mln.dollarga bajarilib turibdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 167 foizni tashkil etadi.
May oyining qolgan 15 kuniga qo‘shimcha 755 ming.dollarlik mahsulotlari eksport qilinishi bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilgan.
Joriy yilning yanvar-may oylari yakuniga qadar jami 10,8 ming.dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz reja topshirig‘ini 116,1 foizga bajarish kutilmoqda.
Shu Jumladan, mart oyining yakuniga qadar,
ü ‘SVS NAVOIY” MCHJ X.K tomonidan 1534,0 ming.dollarlik “Qurilish qo‘lqoplari mahsuloti”(Rossiya, Armaniya);
ü "ZARAFSHAN LIME GROUP" MCHJ tomonidan 100,0 ming.dollarlik “Qurilish materiallari (oxak) mahsulotlari (Ispaniya,Tojikiston va Avg‘oniston);
ü "ZARMETAN UNIVERSAL SAVDO" MCHJ tomonidan 25,0 ming.dollarlik “un (bug‘doy uni) mahsulotlari (Avg‘oniston);
ü "TAVOIS AGROMIR EKSPORT" MCHJ tomonidan 250,0 ming.dollarlik “meva-sabzavot mahsulotlari (Rossiya);
ü "ADIZ BOBO" FX tomonidan 40,0 ming.dollarlik “meva-sabzavot (bodiring) mahsulotlari (Rossiya);
Eksport hajmini va geografiyasini oshirish maqsadida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2026-yilda 3 ta yangi korxona eksportga yo‘naltiriladi.
Jumladan,
ü “HEMPFARM JV” MCHJ QK tomonidan 1,0 ming.dollarlik “Kannabis tola mahsuloti”(Xitoy);
ü “REGISTON” MChJ XK tomonidan 0,5 ming.dollarlik “Yevro solyarka yoqilg‘isi mahsuloti” (Afg‘oniston)
ü "ANLAAS" MCHJ tomonidan 200 ming.dollarlik “Oltin gugurt mahsulot”lar eksportga yo‘naltiriladi.
Hududiy loyihalar bo‘yicha (15.05.2026 yil holatida)
Tumanda 2026 yilda tumanda qiymati 791,6 mlrd.so‘mlik (bank krediti 49,5 mlrd.so‘m) 86 ta loyihalarni ishga tushirish xisobiga 1038 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.
- Sanoat sohasida qiymati 197,7 mlrd.so‘mlik 21 ta loyiha 381 ta yangi ish o‘rni;
- Qishloq xo‘jalik sohasida 286,1 mlrd.so‘mlik 23 ta loyiha 204 ta yangi ish o‘rni;
- Xizmat ko‘rsatish sohasida 307,8 mlrd.so‘mlik 42 ta loyiha 453 ta yangi ish o‘rni;
Joriy yilning 15-may’ sanasida qiymati 36,5 mlrd.so‘mlik 14 ta loyihani amalga oshirish belgilangan bo‘lsa, Amalda, qiymati 94,3 mlrd.so‘mlik 21 ta loyihalar ishga tushirildi va 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
May’ oyi yakunigacha yana qo‘shimcha 10 ta loyihalar ishga tushiriladi.
Yuqoridagilarga asosan, 2026-yilning yanvar-may oylari yakuni bilan qiymati 114,5 mlrd.so‘mlik (bank krediti 7,1 mlrd.so‘m) 21 ta loyiha ishga tushirilib 187 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Misol uchun:
"BUX-TEL" MCHJ tomonidan qiymati 10,0 mlrd.so‘mlik “Uzum va olma mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish”ni (banzal) tashkil etish loyihasi;
"QIZILTEPA UNIMED DIAGNOSTIC" MCHJ tomonidan qiymati 3,5 mlrd.so‘mlik “Zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish”ni tashkil etish loyihasi;
"ADIZOBOD LOMAN PARRANDA" MCHJ tomonidan qiymati 2,5 mlrd.so‘mlik “Tuxum yo‘nalishida parrandachilik”ni tashkil etish loyihasi.
Bundan tashqari, Tumanning “Konsurun” MFY hududidan tanlangan 30 gektar yer maydonida 10 000 boshga ixtisoslashgan qiymati 40,0 mlrd.so‘mlik bo‘lgan, “Chorvachilik Mikromarkazlari Kompleksi”ni tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Natijada, Yillik quvvati 10 000 bosh byudjetga tushum 1,7 mlrd.so‘m, ish o‘rinlari 104 ta va 900 tonna go‘sht mahsulotlari yetishtiriladi.
Amalga oshirilgan ishlar:
-Har biri 1,1 gektardan bo‘lgan, 20 ta yer maydonlari ajratildi;
-3,3 km elektr tarmoqlari tortish va 2 dona transformator o‘rnatish uchun 1,7 mlrd.so‘m mablag‘lar ajratilgan;
-2 km yo‘l tortish va asfaltlashtirish uchun 2,0 mlrd.so‘m mablag‘lar ajratilgan;
-5,0 km masofaga turba quvurlar orqali suv tortish uchun 2,8 mlrd.so‘m mablag‘lar ajratilgan;
Hozirgi kunda, 20 ta lotlarning barchasiga qurilish montaj ishlari jadal olib borilmoqda. Shundan, YATT “Ochilov Sanjar” tomonidan 300 bosh chorva mollari keltirilib parvarish qilinmoqda.
