QIZILTEPADAGI MAKTABLARNI 1351 NAFAR BITIRUVCHI 2328 TA SERTIFIKAT BILAN BITIRDI. ULARNING 71 NAFARI ALLAQACHON TALABAGA AYLANGAN
2026-05-25 10:00:00 / Yangiliklar

2025/2026-o‘quv yili ham ko‘z ochib yumguncha o‘z nihoyasiga yetdi.
O‘quvchilar hayotidagi maktab yillarining yana bir yili ortda qolgan bo‘lsa, 1351 nafar bitiruvchilar uchun bugun yangragan qo‘ng‘iroq ularning maktab hayotidagi so‘nggi qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi. Oldinda imtixonlar va katta hayotga qadam...
Bugun tumandagi barcha maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi Bekzod Bobomurodov 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi tadbirda ishtirok etib, bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizga тaбриги"ni o‘qib, eshittirib, ularga davlat imtixonlarida omad tilab, institut-u universitetlar talabasi bo‘lishni tiladi va maktab jamoasiga qimmatbaho sovg‘alarni topshirdi.
Ushbu maktabni bugun 55 nafar o‘quvchi bitirdi. Ularning 37 nafari xalqaro va milliy olishgan, 7 nafari talabaga aylangan, Feruza Muzaffarova esa "Yosh huquqshunos" tanlovining Respublika bosqichi g‘olibi sanaladi.
Shuningdek, ushbu maktab joriy yilda tumandagi "Eng yaxshi xorijiy tilni o‘rgatuvchi maktab" deya e’tirof etilgan.
Ma’lumot uchun: bugun Qiziltepa tumanidagi 40 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 2 ta AFCHO‘UM, 1 ta Ixtisoslashtirilgan va 1 ta xususiy maktabni 1351 nafar bitiruvchi 2328 ta milliy va xalqaro sertifikatlar bilan bitirdi. Ularning 71 nafari esa allaqachon talabaga aylanib ulgurgan.

