YANGILANGAN HAFQORIYON
2026-05-23 11:00:00 / Yangiliklar

Qiziltepa tumanining Hafqoriyon mahallasi qisqa muddatlar ichida yangidan qiyofa ochdi. Hududda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Tuman hokimi Bekzod Bobomurodovning ushbu mahallada o‘tkazgan qabulida bir qancha muammolar ko‘tarilgan edi va bugunga kelib, ushbu muammolar birma-bir yechimini topdi.
Avvalo, mahallada 11,2 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. 8,5 km ichki yo‘llar yangidan asfaltlandi, mashinalar serqatnov va aholi gavjum manzillarda 3 km masofada tungi yoritgichlar o‘rnatildi. Hududdagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi mukammal ta’mirlanmoqda.
Mahalladagi bu kabi o‘zgarishlarni, bajarilgan ishlarni hafqoriyonliklar Qurbon hayiti va yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan munosib sovg‘a deya e’tirof etishmoqda.

