SAKKIZINCHI SINF O'QUVCHISI TALABAGA AYLANDI
2026-05-17 11:00:00 / Yangiliklar

Navoiyda ta’lim rekordi: 8-sinf o‘quvchisi SAT’dan 1430 ball olib talabaga aylandi
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “Parvoz” xususiy maktabi o‘quvchilari xalqaro ta’lim yo‘nalishida yuqori natijalarni qayd etmoqda.
Maktabning 8-sinf o‘quvchisi Dilbar Abdusamatova SAT xalqaro imtihonidan 1430 ball to‘plab, ingliz tilidan B2 darajali sertifikatni qo‘lga kiritdi va muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi.
Shuningdek, mazkur maktabning 11-sinf o‘quvchisi Suxrobbek Sobirov SAT imtihonida 1390 ball to‘plab talabaga aylangan.
10-sinf o‘quvchilari Valijon Obidov va Behzod Farhodov ham mos ravishda 1340 va 1260 ball natija qayd etib, talabalikka erishgan. Yoshlarning bu kabi natijalari hududda xalqaro ta’limga bo‘lgan qiziqish va tayyorgarlik darajasi oshib borayotganini ko‘rsatmoqda.
