TUMAN HOKIMI HAFQORIYON MAHALLASI AHOLISI BILAN UCHRASHDI
2026-04-08 16:00:00 / Yangiliklar

Qiziltepa tumani hokimi Bekzod Bobomurodov Hafqoriyon mahallasi aholisi bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida ushbu mahallada bajarilayotgan bir qator bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumot berildi.
Jumladan, ayni kunlarda ushbu mahallladagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi mukammal ta’mirlanmoqda, 14 km. yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortilmoqda, 9 km. yo‘llar asfaltlanmoqda,yangi elektr tayanch ustunlari o‘rnatilib, tarmoq yangilanmoqda, 3 km. masofada ko‘cha chiroqlari o‘rnatilmoqda va boshqa bir qator ishlar bajarilmoqda.
Jarayonda aholining muammo va takliflari tinglandi.

