VILOYAT HOKIMI QIZILTEPA TUMANIDA
2026-04-05 17:00:00 / Yangiliklar

Qiziltepa tumanida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishayotgan viloyat rahbari Normat Tursunov “Paxtaobod” mahallasidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga ham bordi.
Ushbu maktabda ham ayni kunlarda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, 420 o‘rinli yangi o‘quv binosi va oshxona qurilmoqda, 320 o‘rinli mavjud bino esa mukammal ta’mirlanmoqda.

