QIZILTEPA TUMANIGA KIRISH QISMI YANADA OBODLASHADI
2026-04-04 13:00:00 / Yangiliklar

Viloyat rahbari Normat Tursunov Qiziltepa tumanining kirish qismida M-37 xalqaro magistral yo‘li yoqasida barpo etilgan turistik markaz faoliyati va yangi stellaning loyiha taqdimoti bilan tanishdi.
Qiziltepa tumaniga Karmana tumanidan kirish qismidagi mavjud go‘zallikka yana chiroy qo‘shish ishlari yaqin kunlarda boshlanadi.
"Qiziltepa tumani" yozuvli stella va otlardan iborat kompozisiya qoshida milliylikni va Vatanimizning taraqqiyotini aks ettiruvchi yangi kompozisiya qo‘shilishi rejalashtirilgan.
Normat Tursunov mas’ullar bilan suhbatlashar ekan, yo‘l yoqalarini alohida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga urg‘u qaratish, hududning kirish qismi mahalliy va xorijiy mehmonlarni o‘ziga jalb qila oladigan hamda barcha zamonaviy qulayliklar yaratilishiga e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlandi.

