PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
2026-04-02 14:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston mahallasida joylashgan 3-sonli BMSMda Yoshlar kuni munosabati bilan navbatdagi "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o‘tkazildi.
Ushbu uchrashuvda tuman hokimi Bekzod Bobomurodov, viloyat prokurori Abduqahhor Mullajanov, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov, tegishli rahbarlar yoshlarning ishga joylashtirish, kredit ajratilishida ko‘maklashish, tanlovlar tashkillashtirish va boshqa masalalarga oid murojaat hamda takliflarini qabul qilishdi.
Ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. O‘rganish va vaqt talab qilgan murojaatlar nazoratga olindi.
Uchrashuvda faol ishtirok etgan yoshlarga sovg‘alar ulashildi.

