SHUNDAY O‘QUVCHILARIMIZ BOR
2026-04-01 14:00:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan fanlarni bilish bo‘yicha testlarning umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatlari chiqmoqda.
Quvonarlisi, tumanimizdan Gulixon Ismatova (17-maktab), Istatoy Mahmudova (2-maktab), Laziza Qo‘ldosheva (27-maktab) 5 ta fandan yetarli darajadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritib, muddatidan oldin 189 ball to‘plab, talabalikni naqd qilishdi.
E’tiborlisi, Laziza Qo‘ldosheva 4 ta fandan A va A+ darajalariga erishgan.

