BIR MAKTABNING BIRA TO‘LA 8 O‘QUVCHISI TALABA BO‘LDI
2026-03-31 22:30:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan fanlarni bilish bo‘yicha testlarning umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatlari chiqmoqda.
Quvonarlisi, tumanimizdagi bir qator maktablarning o‘quvchilari 5 ta fandan yetarli darajadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritib, muddatidan oldin 189 ball to‘plab, talabalikni naqd qilishmoqda. Eng e’tiborlisi, 5-ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktabining bira to‘la 8 nafar o‘quvchisi huddi shunday natijaga erishdi.
Ular: Go‘zal Amonova, Bekzod Odilov, Aziza Nasimova, Kamola Xayrullayeva, Dilnoza Hoshimova, Asila Xo‘jaqulova, Madinabonu Fazliddinova, Durdona Samandarova.
Shuningdek, shu maktabning o‘quvchisi Shaxobjon To‘raqulov "Hokim Olimpiadasi"da musobaqalarining badminton yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi.

