CHIQIT EKISH DAVOM ETMOQDA
2026-03-30 19:20:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda Qiziltepa tumanidagi dala maydonlarida chigit ekish ishlari davom etmoqda. Bugun Oq oltin hududida ham ushbu ishlar boshlab yuborildi.
"Uzoq bobo" fermer xo‘jaligi dalasida chigit ekish tadbirida tuman hokimi Bekzod Bobomurodov, tegishli mas’ullar va hududda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.
Ma’lumot uchun: joriy yilda Oq oltin hududidagi 17 ta fermer xo‘jaliklarining 469,3 gektar maydonlarida xorijiy nav, Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan "Xin Lu Zao-87" navli chigitlar terim kombaynida terishga moslab, ya’ni 76x10 o‘lchamda qo‘shqator usulida ekilishi rejalashtirilgan.

