ARABONLIKLAR HAM CHIGIT EKISHNI BOSHLASHDI
2026-03-29 15:20:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda Qiziltepa tumanidagi dala maydonlarida chigit ekish ishlari davom etmoqda. Bugun Arabon hududida ham ushbu ishlar boshlab yuborildi.
"Suvg‘on Toshrabot qo‘rg‘oni" fermer xo‘jaligi dalasida chigit ekish tadbirida tuman hokimi Bekzod Bobomurodov, tegishli mas’ullar va hududda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.
Ma’lumot uchun: joriy yilda Arabon hududidagi 27 ta fermer xo‘jaliklarining 679 gektar maydonlarida xorijiy nav, Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan "Xin Lu Zao-87" navli chigitlar terim kombaynida terishga moslab, ya’ni 76x10 o‘lchamda qo‘shqator usulida ekilishi rejalashtirilgan.

