"AZIZOBOD" DEHQON BOZORI YANGICHA QIYOFAGA KELTIRILADI
2026-03-13 14:00:00 / Yangiliklar

"AZIZOBOD" DEHQON BOZORI YANGICHA QIYOFAGA KELTIRILADI
Xabaringiz bor, Qiziltepa tumanidagi Azizobod mahallasi "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla"ga aylantirilmoqda. Ushbu dastur doirasida mahallada keng ko‘lamli ta’mirlash va bunyodkorlik ishlari bajarilmoqda.
Bugun tuman hokimi Bekzod Bobomurodov tegishli mas’ullar bilan birgalikda ushbu hudud markazidajoylashgan "Azizobod" dehqon bozorida bo‘ldi.
Jarayonda bozor qiyofasi va tuzilishini yangilash, qo‘shimcha rastalar, do‘konlar qurilishi bo‘yicha loyihalar va mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

