TASHABBUSLI BYUDJЕT: QIZILTЕPADA 8 TA LOYIHA G‘OLIB DЕB TOPILDI
2026-03-21 08:40:00 / Yangiliklar

“Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 1-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi. Jarayonlarda mamlakatimiz bo‘ylab 10 mln. 284 mingta ovoz berilgan.
Qiziltepa tumanidan 8 ta loyiha g‘oliblar qatoridan o‘rin egalladi. Natijalarga ko‘ra 5 ta mahallada yo‘llar asfaltlanadigan, 1 ta maktabda yangi mini futbol maydoni va kirishda maxsus o‘tkazish punkti quriladigan, 1 ta mavjud sport majmuasi yangilanadigan va yana bir mahalla qiyofasi yangilanadigan bo‘ldi.
