MUDDATLI HARBIY XIZMATCHILAR UCHUN BERILGAN IMTIYOZLAR
2026-01-27 19:55:00 / E'lonlar

✔️Muddatli harbiy xizmatni o‘tash davomida har bir askar o‘zi qiziqgan kasb bo‘yicha o‘qitilib ish bilan taminlanadi.
✔️ Muddatli harbiy xizmatni o‘tash davomida oliy ta’lim muassasalariga imtihon topshirish imkoniyati yaratiladi, o‘qishga kirgan askarlar xizmatni tugatib oliygohda o‘qishni boshlaydi, o‘qish davomida harbiy kafedrada o‘qigan talabalarga tenglashtiriladi va zaxiradagi ofitser unvoni beriladi.
✔️ Muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida Oliy Bosh Qo‘mondon sovrini uchun kitobxonlik tanlovida birinchi o‘rinni olgan askarlarga elektromobil beriladi.
✔️ Muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasidan Respublika sport musobaqalarida sovrindor bo‘lgan ma’naviy fazilatga ega bo‘lgan askarlar sport oliygohlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi.
✔️ Armiyadan qaytgan yoshlarga xorijiy til va fan serfikatlari xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi;
✔️oliygohda kontrakt asosida kirganlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi;
✔️ tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lganlarga olingan kredit foizining 6 foizi davlat hisobidan qoplanadi.
✔️Muddatli harbiy xizmatni o‘tash davomida namunaviy intizom va yuqori natijalar ko‘rsatgan xizmatchilarga tavsiyanomalar beriladi. Respublikaning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishda kirishga test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 50% miqdorida qo‘shimcha bal shaklidagi imtiyoz beriladi. Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari alohida qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi va ular ushbu ko‘rsatkichlar doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar, tavsiyanoma muddati 3-yil mobaynida amal qiladi.
✔️Muddatli harbiy xizmatchilarga xizmatni o‘tash davrida bepul tibbiy xizmat ko‘rsatiladi, harbiy kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi. Shuningdek, askarlar uchun belgilangan oylik maoshlari muntazam berib boriladi.
✔️ Tegishli Vazirlik va idoralar tomonidan muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida o‘z hulqi, bilimi, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligi va jangovor tayyorgarligi bilan a’lo natijalarga erishgan askarlar bilan kelgusida Qurolli Kuchlar safida shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tashlari uchun shartnomalar tuziladi.
🌟Bir yillik harbiy xizmatni o‘tash uchun 18-27 yoshgacha bo‘lgan erkak fuqarolar o‘zlari yashab turgan hududagi mudofaa ishlari bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin. 2026-yilning 15-fevrali kunidan boshlab tibbiy ko‘riklar boshlanadi. Mart-aprel oylarida armiyaga yuboriladi.
✔️Muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tibbiy ko‘riklardan o‘tish, turli tahlillar topshirish, turli sinovlarda ishtirok etish, bir yillik xizmatga borish bepul amalga oshiriladi.
