HOKIM FUQAROLAR QO'NG'IROQLARINI QABUL QILDI
2026-01-18 10:50:00 / Yangiliklar

Bugun Qiziltepa tumani hokimi Bekzod Bobomurodov ob-havoning keskin o‘zgargani va havo haroratining pasayganini inobatga olgan holda bir qator ob’yektlarda bo‘ldi.
Shu jumladan, Qiziltepa elektr ta’minoti korxonasida ham bo‘lgan tuman hokimi dispetcherlik xizmatida bir necha nafar fuqarolarning qo‘ng‘iroqlariga javob berdi.
Dispetcherlar bilan suhbatda hokim aholi bilan muloqotda xushmuomalik muhim ekanligini alohida ta’kidladi.
Shu bilan birga, korxonaning avariyaviy holatlarga tayyorgarligi, mavjud zaxiralari ko‘zdan kechirildi.



