Hokim "Qiziltepatumangaz" gaz ta’minoti bo‘limiga bordi
2026-01-17 21:25:00 / Yangiliklar

Avvalroq xabar berganimizdek, kuchli qor yog‘ishi va ob-havo haroratining keskin sovushini inobatga olgan holda tuman hokimi Bekzod Bobomurodov bugun bir qator ijtimoiy ob’yektlar, mahallalarga borish bilan birga, ayrim tashkilotlarning bu kabi keskin o‘zgaruvchan ob-havo sharoitiga tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi.
Jumladan, hokim "Qiziltepatumangaz" gaz ta’minoti bo‘limiga ham bordi. Bu yerda dispetcherlik xizmati faoliyati, avariyaviy holatlarda mavjud zaxiralar bilan tanishildi.


