TUMAN HOKIMI AZIZOBODDA 4 SOAT PIYODA YURDI
2026-01-13 13:45:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan Qiziltepa tumanidagi Azizobod mahallasi ham Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallaga aylantirilmoqda.
Bugun tuman hokimi Bekzod Bobomurodov ushbu mahallada bo‘lib, tegishli mas’ullar bilan birgalikda 4 soatdan ortiq vaqt davomida mahallani piyoda yurib, amalga oshirilayotgan bir qator ishlar bilan tanishdi.
O‘rganish ishlari yo‘llarni asfaltlashga tayyorlash jarayonlaridan boshlandi. Ushbu mahallada dastur doirasida 11 km.dan ortiq yo‘llar asfaltlashtiriladi. Ayni kunlarda barcha yo‘llar asfalt yotqizishga tayyorlangan va qisqa fursatlarda jarayonlar boshlanadi.
Tuman hokimi quruvchi tashkilot vakillari va tegishli mas’ullar bilan birgalikda tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi, har bir asfaltlanadigan yo‘llar joylashgan ko‘chalarni piyoda yurib o‘tib, aholining muammo va takliflarini ham tingladi.


